BOLALAR IJODIY RIVOJLANISHIDA PAPE MASHE TEXNOLOGIYALARINI TA’LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI
Kalit so‘zlar:
pape-mashe, didaktik tamoyillar, ijodiy rivojlanish, bolalar ijodi, ta’lim texnologiyalari, tasviriy san’at, amaliy mashg‘ulot, estetik tarbiya.Annotatsiya
Mazkur maqolada bolalar ijodiy rivojlanishida pape-mashe
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishning didaktik tamoyillari yoritilgan.
Pape-mashe texnologiyasi orqali tarbiyalanuvchilarning estetik didi, amaliy ko‘nikmalari va
ijodiy fikrlashi shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu
texnologiyani o‘qitish jarayonida qo‘llashda amal qilinadigan asosiy didaktik tamoyillar –
ilmiylik, tarbiyaviylik, vizuallik, amaliyot bilan bog‘liqlik, individuallashtirish,
bosqichma-bosqichlik va ekologiklik tamoyillari ochib berilgan. Maqolada ta’lim
samaradorligini oshirishda pape-mashe texnologiyasining ahamiyati, uni
tarbiyalanuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos holda qo‘llashning metodik
yondashuvlari asoslab berilgan.