BANK KREDIT FOIZLARINING MATEMATIK AHAMIYATI ANUITET VA DIFFERENSIAL SO’NDIRISH USULLARINING MATEMATIK MODELI

Mualliflar

  • Zaynabxon Komoldinova Qo‘qon universiteti Andijon filiali ##default.groups.name.author##
  • Sherdor Axmedov Qo‘qon universiteti Andijon filiali ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.00000/w9p1bg26

Kalit so‘zlar:

Kredit foizi, oddiy foiz, murakkab foiz, anuitet to‘lovi, differensial so‘ndirish, pulning vaqt qiymati, diskontlash, foiz stavkasi, amortizatsiya jadvali, kredit yuklamasi.

Annotatsiya

Mazkur maqolada bank kredit foizlarining matematik mohiyati hamda anuitet va differensial so‘ndirish usullarining matematik modellari tahlil qilinadi. Kredit foizi pulning vaqt qiymati, risk darajasi va inflyatsiya omillari bilan bog‘liq iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda oddiy va murakkab foiz formulalari asosida kredit hisob-kitoblari yoritilgan. Anuitet modelida teng davriy to‘lovlarning matematik ifodasi hamda ularning tarkibiy tuzilishi tahlil qilinadi. Differensial usulda esa asosiy qarzning teng ulushlarda so‘ndirilishi va foizlarning qarz qoldig‘iga nisbatan hisoblanishi o‘rganiladi. Har ikki modelning umumiy foiz yuklamasiga ta’siri matematik taqqoslash asosida baholanadi. Tadqiqot natijalari kredit yuklamasini aniqlash, amortizatsiya jadvalini tuzish va optimal moliyaviy qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muallif Biografiyalari

  • Zaynabxon Komoldinova, Qo‘qon universiteti Andijon filiali

    Talaba

  • Sherdor Axmedov, Qo‘qon universiteti Andijon filiali

    O'qituvchi

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-15