O‘ZBEK EPOSSHUNOSLIGINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Mualliflar

  • Maxsudaxon Xakimova Qoʻqon universiteti Andijon filiali ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.00000/9q9e9g51

Kalit so‘zlar:

Eposshunoslik, folklorshunoslik, jadidchilik, folklor ekspeditsiyasi, baxshichilik anʼanalari, V.V. Radlov, Abdurauf Fitrat, Hodi Zarif, Gʻozi Olim Yunusov, “Alpomish” dostoni, milliy oʻzlik, “fasihlik”, ogʻzaki ijro.

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oʻzbek eposshunosligining mustaqil ilmiy soha sifatida shakllanish va taraqqiyot bosqichlari chuqur tahlil qilingan. Unda XX asr boshidagi jadidchilik harakati vakillari, xususan, Abdurauf Fitrat va Vadud Mahmudning eposshunoslikka oid nazariy qarashlari koʻrib chiqiladi. Maqolada Fitratning adabiyotni “yozma” va “el adabiyoti”ga ajratish, shuningdek, dostonlarning “fasihlik” mezonini ilmiy muomalaga kiritishi bu soha uchun konseptual poydevor yaratganligi asoslangan. Shuningdek, 1920-30-yillarda Goʻzi Olim Yunusov va Hodi Zarifov boshchiligida oʻtkazilgan ilk folklor ekspeditsiyalarining amaliy ahamiyati yoritilgan. Ushbu ekspeditsiyalar baxshilar ijrosini oʻzgarishsiz, bevosita yozib olish metodologiyasini joriy etish orqali xalqning epik merosini saqlab qolishga xizmat qilgani koʻrsatilgan.

Muallif Biografiyasi

  • Maxsudaxon Xakimova, Qoʻqon universiteti Andijon filiali

    o'qituvchi

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-03-27