“Odam bo‘lish qiyin” romani antroponimlarining fonosemantik tahlili
DOI:
https://doi.org/10.00000/n2nxa611Kalit so‘zlar:
Fonosemantika, antroponimika, o‘zbek tili, O‘lmas Umarbekov, “Odam bo‘lish qiyin”, badiiy matn, personaj, psixolingvistika, fonema, semantik yuklama.Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” romanidagi antroponimlar fonosemantik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ismlarning tovush tuzilishi va ularning semantik mazmuni o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, antroponimlarning personajlar xarakterini ochib berishdagi badiiy-estetik vazifasi yoritib beriladi. Bugungi kunda tilshunoslik va psixologiya fanlarining integratsiyasi fonemalarni ham lingvistik, ham psixolingvistik jihatdan tadqiq etishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, muallif badiiy niyatini anglashda tanlangan nomlarning tovush qobig‘i va undagi semantik yuklamaga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek tilidagi antroponimlarda fonemalarning semantik xususiyatlarini aniqlash hamda mazkur tovushlar yig‘indisining o‘quvchi psixologiyasiga ta’sir etish mexanizmlarini ochib berishdan iborat.