70-80-YILLAR SHE’RIYATIDA “SAN’AT” MAVZUSIGA MUROJAAT, ADABIY TAFAKKURDAGI YANGILANISHLAR

Mualliflar

  • Sardorbek Maxmudov Qoʻqon universiteti Andijon filiali ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.00000/2zj54r34

Kalit so‘zlar:

she’riyat, san’at mavzusi, adabiy tafakkur, sintez, rangtasvir, lirika, ijtimoiylashuv, rassomchilik, teatr, kino, musiqa, badiiy obraz, lirik subyekt, ijodkor, yangilanish, XX asr, 70-80-yillar.

Annotatsiya

Ushbu maqola XX asrning 70-80-yillar o‘zbek she’riyatida “san’at” mavzusining ommalashuvi va adabiy tafakkurdagi yangilanishlarni tahlil qiladi. Muallif she’riyatda san’at mavzusining keng qamrab olinishiga sabab bo‘lgan omillarni izchil yoritib beradi.

Maqolada ta’kidlanishicha, XX asr boshlarida Turkiston jamiyatida sodir bo‘lgan siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, Chor Rossiyasi ta’sirida yangi hayot tarzining kirib kelishi insonlar ong va tafakkurida chuqur evrilishlarga zamin yaratdi. Bu jarayon lirikaning ijtimoiylashuvini tezlashtirdi.

Muallif 60-80-yillarni o‘zbek san’ati tarixida yangi bosqich sifatida baholab, rassomchilik, teatr, kino, musiqa va boshqa sohalardagi yuksalish she’riyatga bevosita ta’sir ko‘rsatganini asoslaydi. San’at mavzusining she’riyatda ommalashuvining ikki asosiy sababi ko‘rsatiladi: birinchisi – san’at sohalarining o‘sha davrda o‘zining taraqqiyot cho‘qqisiga yetishi; ikkinchisi – she’riyatning boshqa san’at turlari bilan sintezlashishi.

Maqolada Xurshid Davronning “San’at” nomli she’ri asosida rangtasvir va she’riyat sintezining yorqin namunasi tahlil qilinadi. Ushbu she’r orqali muallif ijodkorning shaxsiy badiiy universalligini, ijtimoiy dardni san’at vositasida nozik ifodalash mahoratini ko‘rsatib beradi.

Muallif Biografiyasi

  • Sardorbek Maxmudov, Qoʻqon universiteti Andijon filiali

    o'qituvchi

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-22